Ushbu uslubiy qo‘llanma xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida o‘qitiladigan o‘quv modullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish hamda ijobiy natijaga erishish uchun ma’lum darajada xizmat qiladi. Qo‘llanmada ta’limni tashkil etish turlari va shakllari, amaliy mashg‘ulotning boshqa o‘quv mashg‘ulotlaridan farqi, ularni loyihalash, o‘qituvchining amaliy darsga tayyorgarligiga doir ayrim tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga amaliy mashg‘ulotning maqsadi, vazifalari, o‘tkazilish tartibi keltirilgan.

2022-11-04 09:55:39 | ko'rishlar soni: 782