Bahor darakchisi bo'lmish Boychechakning Navro‘zoy bilan uchrashuviga Ayozzoda qarshilik qiladi. Qishning erkatoyi qanchalik harakat qilmasin, ular yuz ko‘rishadilar.
Navro‘zoy va Boychechakning o‘z maqsadlariga yetishlariga Oqbars va Tojibabaqlar ham yordam beradi. Bu qo‘rquv bilmas qahramonlarning kimligini ushbu qissadan bilib olasiz.
Shuningdek, ushbu kitobdan „Oltin yurakli avtobola“ qissasi ham joy olgan.
Oddiy mushtlashuvdan boshlangan mashmasha katta izquvarlikka sabab bo‘ladi. Sirli qotillik, bir-biridan tushuniksiz guvohliklar, nohaq ayblovlar va tuhmat adolatsizlikka olib keladi. Bu ishga ayollarning aralashuvi voqealarni yanada chigallashtirib yuboradi. Shov-shuvli jinoyat ommaning e'tiborini tortadi. Uni ochish uchun kattagina pul tikiladi. Biroq jinoyatchilarni topish oson emas. Bu ishni faqat birgina odam uddalaydi…
Qiziqarli syujetlarga boy mazkur kitob detektiv ishqibozlariga manzur bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Sabo va Samandar
Hammasi oddiy voqeadan boshlanadi. Yosh Filipp qabriston yonida o‘ynab yurganida qamoqdan qochgan mahbus uni tutib oladi va boladan o‘zi uchun yegulik va egov olib kelishini talab qiladi.Mana shu voqea bolaning kelajagini o‘zgartirib yuboradi.
Aziz kitobxon! Mashhur ingliz yozuvchisi Charliz Dikkensning “Katta umidlar” romani sizning sevimli asarlaringiz qatoridan o‘rin olishiga ishonamiz.
Таникли журналист, ёзувчи ва олим Рахим Максудов-нинг бутун умри халк ичида утди. Кизилгепа туманини
кадам-бакадам кезиб чикди. тарихини урганди, бугуни би
лан нафас олди. Халкнинг кувончидан кувонди. кайгуси-дан кайгурди. Унинг маколалари. шеър ва хикоялари ана
шу бехаловаг йилларда тугилган кунгил кечинмаларидир.
Ушбу китобга киритилган шеърлар самимий. хикоялар эса
хаётий. бирортаси тукиб чикарилмаган. Р.Максудовнинг
хаёт фалсафаси акс зтиб турган мазкур ижод намуналари
укувчи кал бига яхшилик ва эзгулик туйгуларини сингди-ришга хизмат килади.
Yosh ijodkor Najmiddin Ermatovning she’rlarida
el dardini ko'rasiz, o'zligini izlayotgan, kamolotga talpinayotgan, umumning g'amini o'z g'ami deb biluvchi,
qalbi beorom tepib turgan sergak inson qiyofasini ko'rasiz. Bunda tizginsiz yosh yurakning baravj va sarkash,
toza va beg'ubor telbaliklari bor. Bunda dunyo dargohida yashab kelayotgan nuroniy millatning eski anduhlari
bor. Bunda erkinlik dasturxonidan tuz totib ulg'ayayotgan navqiron avlodning ko'ngil kengliklarida pindiq otgan erka umidlari bor. Ozod va ozoda qalb tug'yonlari
chekilgan ushbu mo'jaz to'plam bilan she’r muhiblarini
qutlashga haqlimiz.
Aziz bolajonlar! Siz uchar devlarni, Sichqonboy, Qo ‘ng ‘izboy, Mulla Tappak
haqida bilishni xohlaysizmi? Unda bu ertaklarni о ‘qishga shoshiling. Agar ertak sizga
yoqib qolsa, albatta uni о ‘rtoqlaringizga, ukangiz va singlingizga aytib bering. ‘‘Qirq
yolg ‘on ” ertaklar kitobidan siz to ‘g ‘ri bo ‘lishni, yolg ‘on gapirmaslikni о ‘rganasiz.
Qo ‘lingizdagi “Ertaklar уaxshilikka уetaklar” turkumi ostidagi kitob sizga olam-olam
zavq bag ‘ishlaydi.
“0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan taqdim
qilinayotgan ushbu kitob, sizning ajralmas do ‘stingizga aylanadi, degan umiddamiz.
XX асрнинг улкан адибларидан бири Одил Ёқубовнинг унинг
вафотидан сўнг дунё юзини кўраётган бу китобига адибнинг охирги
йилларда қаттиқ тер тўкиб ёзган «Осий банда», «Хотиралар»,
«Қарноқ» сингари бадиий асарлари жамланди. Улар алоҳида асарлар бўлса ҳам, худди бир-бирининг мантиқий давомидай ҳаяжон
билан ўқилади. Уларда адиб турғунлик деб аталган йилларнинг
мураккаб, зиддиятли ўта драматик воқеаларини қаламга олади.
Ўзи ҳаётда кўрган, билган, бошидан кечирган воқеаларни ҳаққоний
бадиий тарихга, реал шахсларни эса ўзида давр муҳрини ташиган,
даврнинг юлдузи ва сайёраси бўлган жозибадор, бадиий гўзал,
юксак даражада ибратли бадиий қаҳрамонларга айлантиради. У
яратган Ота, Онаизор бадиий тафаккурнинг ноёб мулки, улар
бошдан кечирган кўргиликлар ҳақида кўз ёши тўкмасдан ўқиш мумкин эмас. Одил Ёқубов бу асарларни халқ учун ёзган. У
ҳамон халқнинг хизматида камарбаста.
Mazkur qiyosiy chastotali lug‘ati o‘zbek xalq og‘zaki ijodi
namunalari (qo‘shiq, maqol, topishmoq, ertak) matni asosida yaratilgan
bo‘lib, unda 46329 mingga yaqin so‘zlar kompyuter yordamida qayta
ishlangan. So’zshakli variantlarining matnlarda qo‘llanish darajasi
(chastotasi) keltirilgan. Lug‘atda so‘zshakllarining statistik va grammatik
tabiatini tasvirlash maqsad qilib qo‘yilgan.
Qiyosiy chastotali lug‘at o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari tili
bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Ушбу тўпламда муаллифнинг энг сара ҳикоялари
жамланган. Ҳикояларда икки жиҳат — афғон уруши
мавзуси ва қадим Сурхон манзараси яққол кўриниб
туради. Ижодкорнинг аксарият хикояларида хотирага садоқат инсонпарварликнинг ёрқин ҳаётий ифодаси,
севги-мухаббат ёрқин бўёқларда ўз ифодасини топган.