Kitob javoni

 

В монографии рассмотрены актуальные проблемы изучения
русской литературы в контексте «диалога культур» (русской
национальной культуры с восточной); прослеживаются этапы развития
русско-восточных связей этапы развития русско-восточных
литературных связей конца XVIII-XX века, выявляется духовная связь
русских писателей с традициями и художественным опытом литератур
и культур Востока.

2024-10-29 06:07:32 | ko'rishlar soni: 22 | Yuklab olindi: 7-marta

2024-10-03 06:33:26 | ko'rishlar soni: 19 | Yuklab olindi: 9-marta

Mazkur monografiyada publitsistik uslubning nazariy-metodologik asoslari dalillangan, badiiy-publitsistik janrlardan lavha, ocherk, feleton, pamfletning o‘ziga xos va farqli jihatlari, esse janrining g‘arb va sharqda shakllanishi, tuzilishi, turlari yoritilgan. Ishda badiiy-publitsistik janrlardan esse, lavha, ocherk, feleton va pamflet janrlarining ochiqlik, dolzarblilik, dialoglilik, hozirjavoblik, fikr erkinligi va oshkoralik kabi xarakterli xususiyatlari yoritilib, esse matnlarining hayotiylik, subyektivlik va paradoksallik kabi qomusiy belgilari atroflicha esse matnlaridan olingan misollar orqali tahlil qilingan. Esse matnlariga xos bo‘lgan fikr erkinligi, ochiqlik, tasavvurning harakatchanligi, oshkoralik, muallif menining ustunligi kabi jihatlarini namoyon kiluvchi lisoniy birliklarning fonetik, leksik, sintaktik xususiyatlari dalillangan.
Mazkur monografiya oliy ta’lim muassasa professor-o‘qituvchilari, doktorant, magistr va talabalar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagoglari, publitsistik uslub va esse janri bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil 1-sonli yigʻilishi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.

2024-02-10 04:17:09 | ko'rishlar soni: 778 | Yuklab olindi: 309-marta

Monografiyada ilmiy adabiyotlar, ilmiy-tadqiqot natijalari ifodalangan manbalar tahlili va tadqiqot ishimiz natijalari asosida o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishiga motivatsion kompetentligini rivojlantirish pedagogik faoliyatini samarali olib borishga tayyorligi, yuksak vazifasini anglash, bilimini doimiy mukammallashtirish, o‘z-o‘zini o‘qitishni tashkillashtirish, faoliyatidan, shuningdek, uzluksiz kasbiy rivojlanishdan subyektiv kutilmalarini ro‘yobga chiqarishni ifodalovchi motivatsion, kompetentli yondashuvlarga tayyorligi tahlil qilingan.
Mоnоgrаfiyаdаn sоhа mutаxаssislаri, umumtа’lim mаktаblаr pedаgоg vа о‘qituvchilаri, оliy о‘quv yurti prоfessоr-о‘qituvchilаri, ilmiy-tаdqiqоtchilаr, о‘quv dаsturlаri vа аdаbiyоtlаri muаlliflаri, mаlаkа оshirish kursi tinglоvchilаri hаmdа qiziquvchilаr fоydаlаnishlаri mumkin.

2024-01-29 05:30:48 | ko'rishlar soni: 179 | Yuklab olindi: 96-marta

Monografiyada ilmiy adabiyotlar, ilmiy-tadqiqot natijalari ifodalangan manbalar tahlili va tadqiqot ishimiz natijalari asosida funksional savodxonlik tushunchasi, funksional savodxonlikni shakllantirishning me’yoriy-huquqiy va metodologik asoslari, o‘quvchilarida funksional savodxonlikni rivojlantirish omili sifatida o‘qituvchining kasbiy kompetentliligi bosqichlari, funksional savodxonlikning ta’lim sifatiga ta’siri, funksional savodxonlik topshiriqlarini tuzishning zaruriy shartlari (matematik savodxonlik misolida), topshiriq tuzish tartiboti va mazmun-mundarijasi, o‘qituvchilarning topshiriq tuzish ko‘nikmalarini takomillashtirish texnologiyasi tahlil qilingan.
Mоnоgrаfiyаdаn sоhа mutаxаssislаri, umumtа’lim mаktаblаr pedаgоg vа о‘qituvchilаri, оliy о‘quv yurti prоfessоr-о‘qituvchilаri, ilmiy-tаdqiqоtchilаr, о‘quv dаsturlаri vа аdаbiyоtlаri muаlliflаri, mаlаkа оshirish kursi tinglоvchilаri hаmdа qiziquvchilаr fоydаlаnishlаri mumkin.

2023-12-12 10:09:23 | ko'rishlar soni: 3370 | Yuklab olindi: 3187-marta

Monografiyada uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi, xususan, ilmiy adabiyotlar, ilmiy-tadqiqot natijalari ifodalangan manbalar tahlili va tadqiqot ishimiz natijalari asosida o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi, pedagogik faoliyatini samarali olib borishga tayyorligi, yuksak vazifasini anglash, bilimini doimiy mukammallashtirish, o‘z-o‘zini o‘qitishni tashkillashtirish, faoliyatidan, shuningdek, uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi haqida fikr yuritilgan.
Mоnоgrаfiyаdаn sоhа mutаxаssislаri, umumtа’lim mаktаblаr pedаgоg vа о‘qituvchilаri, оliy о‘quv yurti prоfessоr-о‘qituvchilаri, ilmiy-tаdqiqоtchilаr, о‘quv dаsturlаri vа аdаbiyоtlаri muаlliflаri, mаlаkа оshirish kursi tinglоvchilаri hаmdа qiziquvchilаr fоydаlаnishlаri mumkin.

2023-11-30 04:01:57 | ko'rishlar soni: 429 | Yuklab olindi: 285-marta

Nima uchun ushbu monografiya ishlab chiqildi? Butun dunyoda mamlakatlar o‘zlarining milliy ta’lim tizimlarini mustahkamlashga intilayotgan bir paytda, barcha o‘quvchilarni (millati, dini, irqi, dunyoqarashi va boshqalar) qamrab olish yo‘llarini topish va har bir shaxsning jamiyat taraqqiyoti uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu monografiyani yozishdan maqsad - sifatli ta’lim olish, jamiyat rivojida ishtirok etish, ta’limni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, inklyuzivlik va tenglikni qoʻllab-quvvatlash, barcha o‘quvchilarni baholanishi va ishtirok etishini ta’minlash xususida qisqacha bo‘lsa-da jamoatchilikka axborot berishdan iborat.
Monografiya kimga mo‘ljallangan? Monografiya o‘qituvchilar, talabalar, oilalar va jamiyat vakillari kabi asosiy manfaatdor tomonlar bilan ishlashda asosiy davlat ta’lim siyosatini ishlab chiquvchilar tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Monografiya nimani o‘z ichiga oladi? Monografiya quyidagi maqsadlarga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan baholash tizimiga asoslanadi: Hozirgi mavjud siyosatlarda tenglik va inklyuzivlik qanchalik mos ekanligini ko‘rib chiqish; Siyosatlarni takomillashtirish va ularni adolatli va inklyuziv ta'lim tizimlariga tatbiq etish uchun qanday harakatlar zarurligini hal qilish; Soha taraqqiyotini kuzatib borish.

2023-10-20 06:37:19 | ko'rishlar soni: 1047 | Yuklab olindi: 832-marta

This monograph is devoted to the problem of educating primary school students in the spirit of ecological values, discussing the content, form, methods and means of ecological consciousness and culture formation in the younger generation and the ecological upbringing of primary school students in the period of social and scientific development.
The monograph is intended for researchers, teachers and students of general secondary and secondary special education institutions engaged in educating the younger generation in the spirit of our ecological national values in the system of continuing education.

2023-09-29 11:36:28 | ko'rishlar soni: 436 | Yuklab olindi: 138-marta

Monografiya boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida o‘quvchilarda ijodkorlikni rivojlantirishning bugungi kun va istiqbolga belgilangan majmuini o‘zaro bog‘liqlik va hamohanglikda namoyon etishi, bugungi kunda talab etilayotgan– tasviriy san’at darslariga bo‘lgan o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchi, shuningdek, keng jamoatchilikning munosabatini o‘zgartirishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida ijodkorlikni shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Monografiyada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida ijodkorlikni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari,boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari asosida ijodkorlikni shakllantirish tizimi modeli, innovatsion mazmuni, shakl va metodlarida keng ochib berilgan.
Monografiyadan soha mutaxasislari umumta’lim maktablari pedagoglar , oily o‘quv yurti professor o‘qituvchilari , ilmiy tadqiqotchilar, o‘quv dasturlari va adabiyotlari mualliflari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

2023-08-28 06:00:00 | ko'rishlar soni: 477 | Yuklab olindi: 272-marta

Monografiyada Masofaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning texnologik kompetentligini takomillashtirish, Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida pedagog xodimlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xalq ta’limi sohasidagi uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlarida “Xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini o‘rganish, an’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etish” belgilangan. Bu esa o‘qituvchilarning internet texnologiyalari sohasidagi texnologik kompetentligi mohiyatini yoritish, o‘quv-uslubiy majmualarni va tarmoq o‘quv resurslarini yaratish, ijobiy natijalarni umumlashtirish, muammoli vaziyatlarni hal qilishda mutaxassislarni samarali va maqbul harakatlarga o‘rgatish muammosini dolzarblashtirаdi.
Monografiyadan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda mustaqil ta’lim oluvchilar foydalanishlari mumkin.

2023-08-22 04:09:09 | ko'rishlar soni: 730 | Yuklab olindi: 484-marta