Muallif: D.B.URINBAYEVA M.YAKUBJANOVA M.RAXIMOVA

Chop etilgan yil: 2023

Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

Chop etilgan shahar: Samarqand

Nima uchun ushbu monografiya ishlab chiqildi? Butun dunyoda mamlakatlar o‘zlarining milliy ta’lim tizimlarini mustahkamlashga intilayotgan bir paytda, barcha o‘quvchilarni (millati, dini, irqi, dunyoqarashi va boshqalar) qamrab olish yo‘llarini topish va har bir shaxsning jamiyat taraqqiyoti uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu monografiyani yozishdan maqsad - sifatli ta’lim olish, jamiyat rivojida ishtirok etish, ta’limni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, inklyuzivlik va tenglikni qoʻllab-quvvatlash, barcha o‘quvchilarni baholanishi va ishtirok etishini ta’minlash xususida qisqacha bo‘lsa-da jamoatchilikka axborot berishdan iborat.
Monografiya kimga mo‘ljallangan? Monografiya o‘qituvchilar, talabalar, oilalar va jamiyat vakillari kabi asosiy manfaatdor tomonlar bilan ishlashda asosiy davlat ta’lim siyosatini ishlab chiquvchilar tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Monografiya nimani o‘z ichiga oladi? Monografiya quyidagi maqsadlarga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan baholash tizimiga asoslanadi: Hozirgi mavjud siyosatlarda tenglik va inklyuzivlik qanchalik mos ekanligini ko‘rib chiqish; Siyosatlarni takomillashtirish va ularni adolatli va inklyuziv ta'lim tizimlariga tatbiq etish uchun qanday harakatlar zarurligini hal qilish; Soha taraqqiyotini kuzatib borish.

2023-10-20 06:37:19 | ko'rishlar soni: 353 | Yuklab olindi: 216-marta