O‘quv-uslubiy majmuaO‘zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vazirligining
2022-yil19-iyuldagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish
kurslarining tayanch o‘quv reja va namunaviy o‘quv dasturlarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 236-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqildi.
Kimyo o‘qituvchilarining malakasini oshirish kursining maqsadi- ta‗lim
tarbiya jarayoning samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim,
ko‘nikma va malakalarni muntazam yangilash, mustaqil amaliy faoliyatni qo‘llash,
malakatalablari asosida ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi: xalq ta‘limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi tinglovchilarining ta‘lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga oid huquqiy-me‘yoriy hujjatlar haqidagi bilimlarini takomillashtirish, ko‗nikma va malakalarini tarkib toptirishdan iborat.
Modulning vazifalari:
- O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi–ta‘lim-tarbiya jarayonlariga oid me‘yoriy-huquqiy hujjatlarning asosi ekanligini o‗rgatish;
Bugungi kunda butun dunyoda ro‘y berayotgan globallashuv sharoitida mamlakatimizning barqaror taraqqiy etib borishi uchun har tomonlama modernizatsiyalashgan tizimli yondashuvni taqozo qilayotganligi hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programmefor International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish borasida bir qancha ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan