Muallif: K.Suvanova

Chop etilgan yil: 2023

Nashriyot: Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi

Chop etilgan shahar: Samarqand

Fanni oʻqitishdan maqsad: Fanning asosiy maqsadi – “Tasviriy san'at va uni o‘qitish metodikasi ” fanlari umumiy o‘rta ta’limdagi tasviriy san’at fani mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil qilish, o‘quvchilarda shu fan bo‘yicha puxta bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun eng samarali metodik vositalarni tanlashda boshlang‘ich o‘qituvchilariga yordam berishni asosiy maqsad qilib belgilaydi. Jamiyatdagi zamonaviy texnologiyalar, jumladan, ta’lim sohasida ham bo‘layotgan inqilobiy o‘zgarishlar mutaxassislarga yangi funksional talablarni qo‘ya boshladi. Endilikda malakali mutaxassisdan faqatgina o‘zining bevosita xizmat vazifasini yaxshi bajarishgina emas, balki yangi uslublarni topib amaliyotga kiritish, mustaqil qaror qabul qila bilish va ijodiy ishlay olish kabi ko‘nikmalar talab qilinadi va mutaxassis o‘qitish metodlari va yo‘llari bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lishi, o‘qitishning tub maqsadini tasavvur qila olishi, unga erishish yo‘llari va vositalarini bilishi lozim. Tinglovchilarning bu bilimlarni puxta egallashiga yordam berish.

2023-12-12 04:54:52 | ko'rishlar soni: 169 | Yuklab olindi: 119-marta