Muallif: Samyayev Anvar Kadirovich
Chop etilgan yil: 2024
Nashriyot: Access Service
Chop etilgan shahar: Samarqand
Monografiyada Quyi Zarafshonning hozirgi landshaft va agrolandshaftlariga inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri va uning oqibatida sodir bo‘layotgan geoekologik o‘zgarishlar, sug‘oriladigan tuproqlarda qayta sho‘rlanish jarayoni kuchayishi hamda ularning tarkibida turli xil zaharli kimyoviy birikmalar miqdorining yillar davomida ortib borishi, hudud agrolandshaftlarida inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida ro‘y berayotgan jarayonlar, ekologik vaziyat, ularning hudud bo‘yicha va vaqt davomida o‘zgarishi, agrolandshaftlarda antropogen yukni aniqlash, ekologik vaziyatni optimallashtirish va agrolandshaftlarning ekologik kartasini tuzish tashkil etgan. Shuningdek muallifning Quyi Zarafshon agrolandshaftlarining ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha xulosa va amaliy tavsiyalari bayon etilgan.