Muallif: RAXIMOVA MOHINABONU ABDUXAMID QIZI

Chop etilgan yil: 2023

Nashriyot: “Bilig-ilmiy faoliyat”

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mazkur monografiyada publitsistik uslubning nazariy-metodologik asoslari dalillangan, badiiy-publitsistik janrlardan lavha, ocherk, feleton, pamfletning o‘ziga xos va farqli jihatlari, esse janrining g‘arb va sharqda shakllanishi, tuzilishi, turlari yoritilgan. Ishda badiiy-publitsistik janrlardan esse, lavha, ocherk, feleton va pamflet janrlarining ochiqlik, dolzarblilik, dialoglilik, hozirjavoblik, fikr erkinligi va oshkoralik kabi xarakterli xususiyatlari yoritilib, esse matnlarining hayotiylik, subyektivlik va paradoksallik kabi qomusiy belgilari atroflicha esse matnlaridan olingan misollar orqali tahlil qilingan. Esse matnlariga xos bo‘lgan fikr erkinligi, ochiqlik, tasavvurning harakatchanligi, oshkoralik, muallif menining ustunligi kabi jihatlarini namoyon kiluvchi lisoniy birliklarning fonetik, leksik, sintaktik xususiyatlari dalillangan.
Mazkur monografiya oliy ta’lim muassasa professor-o‘qituvchilari, doktorant, magistr va talabalar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagoglari, publitsistik uslub va esse janri bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil 1-sonli yigʻilishi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.

2024-02-10 04:17:09 | ko'rishlar soni: 499 | Yuklab olindi: 161-marta