Muallif: Rustamova Navbaxor
Chop etilgan yil: 2022
Nashriyot: Spanish Journal of Innovation and Integrity
Chop etilgan shahar: Spain
O„zbekiston Respublikasi tarixiy rivojlanishining barcha davrlarida kitob va uni jamiyatda tarqatish
yo„llaridan biri bo„lmish axborot-kutubxona va kutubxonachilik ishi inson madaniyatining ajralmas
bir bo„lagi bo„lib hisoblanib kelingan. Madaniy-tarixiy davomiylik jarayonlarida odamlar
o„rtasidagi, ularni hozirgi kuni bilan o„tmishi hamda kelajagi o„rtasidagi aloqadorlikni ta‟minlashda
kitob va kutubxona benazir vosita, avlodlar va ajdodlar ma‟naviy aloqasining uzviy bo„g„inidir.
Ijtimoiy muloqot usuli sifatida kitob, uni saqlash va mutolaa qilish jarayonlarini ta‟minlovchi
axborot-kutubxona – shaxsni tarbiyalash, uning tafakkurini o„stirish, fikrlash doirasini kengaytirish,
kasbga yo„naltirish va uning erkin shaxs bo„lib voyaga yetishida katta ahamiyatga ega. Fan va
texnikaning taraqqiyoti tufayli axborot ko„lami kundan kunga ko„payib bormoqda. Natijada
mutaxassislarning oldida yangi-yangi vazifalar paydo bo„layapdi. Bu vazifalardan biri
iste‟molchilarga ya‟ni o„quvchilarga axborot texnologiyalari orqali tezkor va to„laqonli axborotlarni
taqdim etish. Bu jarayonni amalda tatbiq etish, axborot texnologiyallaridan to„g„ri foydalana olish,
maxsus dasturiy vositalar orqali elektron katalog va ma‟lumotlar bazalari yaratish, ulardan
foydalanishda kitobxonlarning axborot savodxonliklarini oshirish masalalari maktab kutubxonalari
oldida turgan dolzarb vazifalar hisoblanadi. Maktab kutubxonalarida axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda maktab kutubxonalarida amalga oshirilishi mumkin bo„lgan bazi bir ish
usullarini ko„rib o„tamiz. URL