Muallif: Oripov Jamshid

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Toshkent

Chop etilgan shahar: Toshkent

Kibermakonda turli guruhlar tomonidan yoshlarning axloqiy tamoyillaridan begonalashtirishga qaratilgan axborot xurujlari bugungi davrning xatarli, hal etish dolzarb bo‘lgan vazifalaridan biri bo‘lib turibdi. Nega shunday? Negaki, inson, shaxs u kim bo‘lishidan qat’iy nazar, axloq faqatgina kishilardagi “yaxshi xulq” va “yaxshi odat” singari cheklangan darajalar bilan o‘lchanmaydi. Axloqning yuksaklik darajasi adolat, vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy qadriyatlarga sodiqlik, halollik, sadoqat, boshqalar huquq va erkinliklarini tan olish kabi tushunchalar bilan bog‘liq ekanligi, axloqning naqadar keng qamrovli tushuncha ekanligidan dalolat beradi. Axloqning aynan ana shu jihatlarini hisobga olsak, kibertahdidlar, aynan, inson shaxsining axloqiga qaratilganligini tushunib olishimiz,  mumkin.

2026-07-01 07:40:00 | ko'rishlar soni: 30 | Yuklab olindi: 11-marta