Muallif: Oripov Jamshid

Chop etilgan yil: 2023

Nashriyot: Toshkent

Chop etilgan shahar: –Toshkent

Bugungi  O`zbekiston  o`z  taraqqiyotning  yangi  bosqichiga  qadam  qo`ydi. 
Xalqimizning eng oliy maqsadi  Yangi O`zbekistonni barpo etishda muhim bo`lgan vazifalarni 
qamrab olgan Taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi. O`z taraqqiyotining yangi davriga qadam 
qo`ygan Yangi O`zbekistonda Uchinchi Renesans davri poydevorini mustahkam qurish va uning 
ijtimoiy-huquqiy  asoslarini  yanada  takomillashtirish  ustuvor  vazifalardan  biri  sifatida  bugungi 
kunda  dolzarb  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Ammo    bunday    ulug`  maqsadga  erishish  o`zidan-o`z 
amalga oshib qolmaydi. Mazkur jarayonda qanchadan qancha vazifalarni amalga oshirmog`imiz 
va  bu  jarayondagi  mavjud  muammolarni  bartaraf  etmog`imiz  zarur.  Biz  nazarda  tutayotgan 
muammolardan biri bugungi global axborot asridagi axborot xurujlari o`zining xatarli jihatlarini 
turli ko`rinish va shakllarda namoyon qilayotganligidir. 

2026-07-01 08:35:36 | ko'rishlar soni: 59 | Yuklab olindi: 34-marta