Muallif: A. Bahromov, Sh. Sharipov, M. Nabiyeva

Chop etilgan yil: 2016

Nashriyot: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi

Chop etilgan shahar: Toshkent

TABIATSHUNOSLIK NIMANI
O‘RGANADI?
Tunda osmonda Oy va yulduzlar ko‘rinadi. Kunduzi
Quyosh Yer yuzini yoritadi va isitadi. Quyosh nuridan
tog‘, yaylov, o‘rmon va cho‘llardagi o‘simliklar o‘sadi.
Tog‘ va tekisliklarda o‘rmon va cho‘llarda turli
hayvonlar yashaydi. Osmonda har xil qushlar parvoz
qiladi. Ba’zida osmonda bulutlar paydo bo‘ladi. Ayrim
kunlari yomg‘ir yog‘adi. Havo sovib 0 °C dan pasay-
ganda esa qor yog‘adi. Qor, muz va yomg‘ir suvlaridan
daryolar hosil bo‘ladi. Ko‘pgina daryolar suvi ko‘l yoki
dengizlarga quyiladi. Daryo, ko‘l va dengizlar har xil
suv o‘tlari va hayvonlariga boy.

2019-03-04 08:38:37 | ko'rishlar soni: 1109 | Yuklab olindi: 537-marta