Muallif: M. Xoliqova, Sh. Ergasheva

Chop etilgan yil: 2016

Nashriyot: «Yangiyo‘l Poligraf Servis» nashriyoti

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mustaqillik  –  eng  ulug‘  ne’mat.  Mustaqil  davlat 
xalqi  erkin  va  ozod  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ota-
bobolarimiz asrlar davomida mustaqillik uchun 
kurash  olib  borganlar. 
1991-yil  1-sentabr  –  O‘zbekiston  mustaqillikka 
erishgan  tarixiy  sana.  Shu  kundan  boshlab 
mamlakatimiz  taraqqiyot  yo‘liga  chiqdi.  Bugungi 
kunda  erishgan  yutuqlarimiz  mustaqillik  tufaylidir. 
Mustaqillik  yillarida  yosh  avlodning  komil 
insonlar bo‘lib yetishishlari uchun barcha sharoitlar 
yaratildi.  Yorug‘  va  shinam  o‘quv  xonalari,  sport 
inshootlari,  ijod  markazlari  barpo  etildi.  Yoshlar  bu 
imkoniyatlardan  foydalanib,  o‘z  iqtidorlarini  ro‘yobga 
chiqarishlari  mumkin. 
Bugungi kunda o‘zbekistonlik yoshlar har sohada 
ulkan  yutuqlarni  qo‘lga  kiritib,  dunyoga  tanilmoqdalar. 
Har  bir  inson  o‘z  Vataniga  xizmat  qilishi,  uning 
gullab-yashnashiga  hissa  qo‘shishi  lozim. 

 

2019-03-04 09:12:34 | ko'rishlar soni: 917 | Yuklab olindi: 443-marta