Muallif: AKBAR BAHROMOV SHAVKAT SHARIPOV MANZURA NABIYEVA

Chop etilgan yil: 2017

Nashriyot: «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI

Chop etilgan shahar: Toshkent

Yozgi ta’tilda maza qilib dam oldingiz. Yoz o‘ziga 
xos ajoyib fasldir. Bu davrda kunlar uzun, tunlar esa 
qisqa bo‘ladi. Quyosh nurlari o‘lkamiz hududiga tikroq 
tushadi. Shuning uchun kunlar issiq, osmon bulutsiz 
bo‘ladi.
Yoz bolalarning eng sevimli faslidir. Yozda bolalar  
tengdoshlari bilan o‘ynaydilar, cho‘miladilar, tabiat  
ne’matlaridan bahramand bo‘ladilar.
Yozda dala va bog‘larda ishlar qizg‘in tus oladi. 
Ekinlar tagi yumshatiladi, o‘g‘it solinadi, sug‘oriladi,  
zararkunanda hasharotlardan tozalanadi. Hasharot-
larni qirishda jiblajibon, so‘fito‘rg‘ay, chug‘urchiq,  
qaldirg‘och, chumchuq, chittak kabi qushlar katta 
yordam beradi. 

2019-03-05 10:55:00 | ko'rishlar soni: 1634 | Yuklab olindi: 949-marta