Muallif: M.S. DADAXODJAYEVA, K. ISTAMOVA, D. ISMATILLAYEVA, М. QAHHOROVA

Chop etilgan yil: 2016

Nashriyot: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi nashriyoti

Chop etilgan shahar: Toshkent

«Deutsch  mit  SpaЯ  4»  o‘quv  metodik  majmuasi  O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli qarorida belgilangan 
talablar va vazifalardan kelib chiqqan holda nemis tilini o‘rgatishning zamonaviy va 
ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda metodlar tamoyillari asosida yaratildi.
O‘quv-metodik majmua, darslik, ish daftari, multimedia resursi hamda o‘qituvchi 
uchun metodik qo‘llanmadan iborat bo‘lib, ular yaxlit bir holda 4-sinfga qadam 
qo‘ygan farzandlaringizning nemis tilida saboq olishlariga baholi qudrat yordam 
beradigan ko‘pdan ko‘p qiziqarli kommunikativ o‘yinlar, she’rlar, qo‘shiqlar va 
matnlarni o‘z ichiga olgan. Ularni farzandlaringiz tomonidan o‘zlashtirishda, Siz aziz 
ustozlar va ota-onalarning hissasi beqiyosdir.

 

2019-03-05 11:18:42 | ko'rishlar soni: 1587 | Yuklab olindi: 633-marta