Muallif: P. G‘ulomov, R. Qurbonniyozov

Chop etilgan yil: 2015

Nashriyot: Toshkent — «Yangiyo‘l poligraf servis»

Chop etilgan shahar: Toshkent

Aziz o‘quvchilar!
Siz bu yildan boshlab yangi fan — «Geografiya»ni o‘rganasiz. Biz-
ning  buyuk  bobokalonlarimiz  geografiyani  yaxshi  bilishgan,  shuning 
uchun ham ushbu fan haqida qimmatli va qiziqarli ma’lumotlarni yozib 
qoldirganlar. 
Geografiyani yaxshi o‘rganish uchun sizda qo‘lingizdagi darslikdan 
tashqari, «Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi» atlasi, yozuvsiz xarita 
hamda katak chiziqli daftar  bo‘lishi zarur. Shuningdek, rangli qalamlar, 
chizg‘ich, o‘chirg‘ich, sirkul va ba’zi topshiriqlarni baja rish uchun esa 
kompas va globus ham kerak bo‘ladi.
Para graf oxirida berilgan topshiriqlarni bajargani ngizda, savollarga 
javob  berganingizda  darslikdagi  rasm  va  xaritalardan  foydal anishni 
unutmang.
Matnning  har  bir  qismini  alohida  o‘qib  chiqib,  mazmunini  o‘z 
fikringiz  bilan  gapirib  berishga  harakat  qiling.  Terminlar,  geografik 
nomlarni daftaringizga albatta yozib qo‘ying. Tayanch so‘z, tushuncha 
va geografik nomlarga alohida e’tibor bering.

 

 

2019-03-09 06:07:14 | ko'rishlar soni: 2126 | Yuklab olindi: 1839-marta