Muallif: B. Q. HAYDAROV

Chop etilgan yil: 2015

Nashriyot: TOSHKENT «YANGIYO‘L POLIGRAF SERVIS»

Chop etilgan shahar: Toshkent

Siz bu o‘quv yilida ham matematika bilan tanishishda davom etasiz. Matematika ming yillar 
muqaddam inson ehtiyojlarining mahsuli sifatida vujudga kelgan. Uning rivojiga buyuk ajdodlarimiz 
–  sharqning  mashhur  allomalari,  buyuk  matematik  olimlari  ulkan  hissa  qo‘shishgan.  Hozirda 
hech bir kishi matematikani bilmasdan turib, o‘z turmushini bekamu-ko‘st tasavvur qila olmaydi. 
Matematika sizga shunchaki hisob-kitob ishlarini o‘rgatib qolmasdan, eng asosiysi – sizni mantiqiy 
︠krlashga, mushohada yuritishga, hayotiy muammolarning eng maqbul yechimini topishga yordam 
beradi, aqlingizni peshlaydi

 

2019-03-09 06:25:04 | ko'rishlar soni: 8070 | Yuklab olindi: 2746-marta