Muallif: U. Jo‘rayev, Q. Usmonov, A. Nurqulov, G. Jo‘rayeva

Chop etilgan yil: 2015

Nashriyot: Cho‘lpon nomidagi nashriyot matbaa-ijodiy uyi

Chop etilgan shahar: Toshkent

KIRISH: TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q
Vatan ta’rifi. Vatan! Bu so‘z zamirida olam-olam ma’no bor.
Vatan – aziz muqaddas va mo‘tabar yurtdir.
Yodda tuting!
«Vatan» arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan ma’noni anglatadi.
Vatan – biz  tug‘ilgan makon. Kindik qonimiz to‘kilgan tuproq.
Vatan –  bu oltin beshik. Ota-onamiz, qarindoshlarimiz va do‘stlarimiz
bilan birga yashayotgan zamin. Bobolarimizning izlari qolgan yer.
Ajdodlarimiz yurti, yurakdagi javohirdir.
Vatan – jonajon shahringiz va qishlog‘ingizdir. Insonning qalbi,
orzu-umidlari, quvonchlari va kelajagi  Vatani bilan chambarchas
bog‘liqdir.

 

 

2019-03-14 05:40:28 | ko'rishlar soni: 2541 | Yuklab olindi: 1530-marta