Muallif: N.SH.Turdiyev

Chop etilgan yil: 2017

Nashriyot: «Niso Poligraf» nashriyoti

Chop etilgan shahar: Toshkent

Aziz o‘quvchilar!
Qo‘lingizdagi kitob Siz uchun yangi o‘quv predmeti bo‘lgan 
«Fizika» darsligining birinchisidir. Keyingi 7–9-sinflarda ham 
«Fizika»dan o‘quv darslari davom etadi.
Nima sababdan bu o‘quv predmetini o‘rganish kerak?
Atrofga qarasangiz, yog‘ayotgan qor yoki yomg‘irni, suzib 
yurgan bulutlarni, ariq yoki daryolardan oqayotgan suvni ko‘rasiz. 
Bularning barchasi tabiat hodisal aridir. Bizni o‘rab turgan tabiatdagi 
o‘zgarishlar hayotimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatda bora-
yotgan jarayonlarning qonuniyatlarini o‘rganish ulardan unumliroq 
foydalanish imkonini beradi. Qonuniyatlarni o‘rganish borasida inson 
o‘z mehnatini yengillashtiradigan mashinalarni o‘ylab topgan. 

 

2019-03-14 06:43:46 | ko'rishlar soni: 28616 | Yuklab olindi: 10045-marta