Muallif: D.Rabbanayeva

Chop etilgan yil: 2018

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Samarqand

Didaktik oʻyin usullari cheksiz boʻlib, takrorlash va oʻzgartirish,  unga turli yangiliklar kiritish imkoni bor.  Didaktik  oʻyinlar  oʻqitish  vazifasiga  xizmat  qiladi  va  qiziqarli,  maroqli,  tushunarli  darajada  olib  boriladi.  Bolalar  gʻolib  chiqish  maqsadida  bajonidil  mashq  qiladilar, berilgan  har  bir  topshiriqni  albatta  bajarishga  odatlanib  qoladilar,  natijada  ularda  didaktik  topshiriqlarni  bajarishga  boʻlgan  qiziqish  orta  boradi.  Didaktik  oʻyinlar  har bir  darsning  maqsadini  har  bir mashqning  maqsad  va  vazifalarini  yaxshiroq  tushunib  olishga  yordam  beradi.

 

2019-05-01 09:19:10 | ko'rishlar soni: 1751 | Yuklab olindi: 1468-marta