Muallif: A.Q.Samyayev, Q.S.Yarashev, B.B.Eshquvvatov

Chop etilgan yil: 2018

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Samarqand

SO’Z  BOSHI 
 
O‘zbekistonning  milliy  mustaqilligi  jamiyatning  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  
hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi. Turli jabhalarda shu jumladan 
ta’lim  tizimida ham kuchli o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi 
kunda o‘qitish jarayoniga ta’limning zamonaviy  metodlari, pedagogik va axborot 
texnologiyalari  kirib  keldi.  Fanlarni  o‘qitishda  interfaol  metodlardan,  darsliklar, 
o‘quv  qo‘llanmalari,  elektron  manbalar,  monografiyalar,  xorijiy  adabiyotlar  va 
internet ma’lumotlaridan foydalanilgan holda dars o‘tish bugungi kunning talabidir. 
Ta’limda uzoq vaqt  an’anaviy dars o‘tish usullaridan foydalanib kelindi. Bunday 
dars  o‘tish  usuli  bugungi  kunda  samara  bermay  qo‘ydi.  Shuning  uchun  bugungi 
kunda  ta’limda  an’anaviy  dars  o‘tish  usullaridan  asta-sekinlik  bilan  voz  kechilib, 
noan’anaviy dars o‘tish usullariga o‘tilmoqda. 
 

2019-05-01 09:49:51 | ko'rishlar soni: 9237 | Yuklab olindi: 5856-marta