Muallif: Yunusova N.A. Rahmonov J.R.
Chop etilgan yil: 2018
Nashriyot:
Chop etilgan shahar: Samarqand
KIRISH
Bugungi kunda respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan
islohotlarning asosoiy maqsadi hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida va erkin
demokratik jamiyatga moslashgan, ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, faol,
ma’naviy yetuk va har tomonlama bilimdon komil insonni tarbiyalashdan iborat.
Umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o`qitishda o`quvchilar uchun
belgilangan bilim, ko`nikma va malakalarni egallashlarida laboratoriya va amaliy
mashg`ulotlarini bajarish muhim ahamiyatga ega. Maktab o`qituvchisi biologiyadan
dars berar ekan, DTS ni to`liq bajarishi, unda qayd qilingan bilimlar hajmini
o`quvchilarga yetkazishi, o`quv-ko`nikma malakalarini va kompetensiyalarni
shakllantirilishi lozim.