Muallif: S.S.Agzamxodjayev, O.O.Yusupov.
Chop etilgan yil: 2016
Nashriyot: TOSHKENT «Islom unversiteti » 2016
Chop etilgan shahar: Toshkent
Din inson va jamiyat ma’naviy hayotining bir qismi bo‘lib, kishilarni doimo ezgulikka
chorlab kelgan. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov
dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida “Din odamzotni hech qachon yomon
yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam
bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz
qoldirishga undab turadi” degan edi.