Muallif: Tagayev G`anisher Hasanovich

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot: samarqand

Chop etilgan shahar:

     1868-1878- yillarda Kuba xalqi Ispan mustamlakachilariga qarshi ozodlik kurashi olib bordi (Ispaniya Kubani 1510-yilda bosib olgan edi). Biroq, Ispan qaramligidan ozod bo`lishga erishilmadi. Shunday bo`lsa-da, 1880- yilda qulchilikning bekor qilinishiga erishdi.

         Tez orada Kubaga AQSh da'vo qila boshladi. U Kubani sotib olish niyatida Ispaniyaga murojaat qildi. Biroq, Ispaniya rozi bo`lmadi. 1895yilda Kuba xalqi o`z milliy qahramoni Xose Marti hamda Maksimo Gomeslar boshchilida qo`zg`olon ko`tardi.

         1898- yil 25- aprelda Ispaniya bilan AQSh o`rtasida urush boshlanib ketdi. AQSh Ispaniya floti va armiyasini juda tez tor-mor qildi. Kubadagi inqilobiy milliy-ozodlik harakatini bostirdi.

         1898- yil dekabrda Parijda sulh shartnomasi imzolandi. Kuba «mustaqil» deb e'lon qilindi. Biroq, amalda AQShning protektorati bo`lib qoldi.

2019-09-25 05:03:09 | ko'rishlar soni: 3559 | Yuklab olindi: 3034-marta