Muallif: M,Salohitdinova

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot: samarqand

Chop etilgan shahar: Samarqand

Hurriyat - boy ma’naviyat va ruhiyat ilmidan oqilona, odilona va omilkorlik 
bilan  foydalanishni  taqozo  etmoqda.  Mamlakatimizdagi  mavjud  barcha  o‘quv 
yurtlari  ta’lim-tarbiyani  to‘g‘ri,  ilmiy  asosda  tashkil  etish  uchun  bu 
jarayonning  o‘ziga  xos  psixologik  qonuniyatlarini,  uning  mexanizmlarini, 
shuningdek, faol, mustaqil hamda ijodiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar 
asosida  tarkib  toptirishning  samarali  usullarini  bilishi  lozim  bo‘ladi.  Bu  borada, 
yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya -hozirgi zamon psixologiya 
fanining rivojlangan sohalaridan bo‘lib, bu o‘rinda muhim o‘rin egallaydi, zero 
u inson ruhiy olamining tabiati va uning qonuniyatlarini o‘rganuvchi sohadir. 
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-
biriga  uzviy  bogliqdir,  chunki  ularning  har  ikkisi,  bitta,  umumiy  jarayonni  - 
ulg‘ayib borayottan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq 
etadi.  Biroq,  shunday  bo‘lsa-da,  bu  ikki  fan  psixologiya  ilmining  mustaqil 
sohalari  hisoblanib,  ularning  har  biri  o‘z  predmeti  va  tadqiqot  vazifalariga 
egadir

2019-10-03 07:18:40 | ko'rishlar soni: 1658 | Yuklab olindi: 1283-marta