Muallif: X.Berdiyev, L.Mirzohidova, R.Toshniyozova, S.Yuldosheva

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Samarqand

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini davr talablariga muvofiq faoliyat yuritishga zamin bo’lmoqda. Ayni paytda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o’zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o’zi taqozo etmoqda. Ta’lim tizimini zamon talablari bilan uyg’unlashtirishda esa uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, pedagog xodimlarning malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

2019-11-05 05:00:38 | ko'rishlar soni: 2200 | Yuklab olindi: 1274-marta