Muallif: Ibragimov A'lamjon Amrullayevich

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot: «Navro'z» nashriyoti

Chop etilgan shahar: Toshkent

     Monografiyada xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimini modernizatsiyalash parametrlari, xususan, sohani ko‘p vektorli yondashuv asosida takomillashtirish, tizimning barcha resurslaridan optimal foydalanish, tinglovchilarning kasbiy ehtiyojlari, individual xususiyatlari, imkoniyatlarini inobatga olgan holda malaka oshirishning turli shakllarini erkin tanlashi, o‘z-o‘zini rivojlantirishi va mustaqil bilim olishini rag‘batlantirishga qulay sharoitlar yaratish texnologiyalari haqida fikr yuritilgan. Unda pedagogning kasbiy rivojlanishida ilmiy-metodik kuzatuvning didaktik imkoniyatlari, ta’lim subyektlari hamkorligini uyushtirish, malaka oshirish o‘quv mazmunini kasbiy ehtiyojlarga asoslangan modulli shakllantirishda invariant va variativ tarkibni belgilash, tegishli subyektlarning produktiv o‘zaro ta’sirini kuchaytirish va funksional vazifalarini tizimlashtirish, pedagogning malaka oshirish faoliyatini individuallashtirish darajalari (individual ta’lim dasturi, yo‘nalishi, trayektoriyasi), individual ta’lim trayektoriyasini loyihalash, pedagogning malaka oshirish yo‘l xaritasini tuzish va uni tatbiq qilishga oid tadqiqot natijalari keng yoritilgan.

2020-01-16 03:34:48 | ko'rishlar soni: 9384 | Yuklab olindi: 9120-marta