Muallif: K.Oqilova
Chop etilgan yil: 2019
Nashriyot:
Chop etilgan shahar: Samarqand
Treningning asosiy maqsadi: shaxsni psixologik (ruhiy) ozod qilish, bunda tabiiy erkinlikni his etishni, o’z guruhida va undan tashqarida o’zaro munosabat va aloqa o’rnata olishdan iborat.
Demak-ki, trening — shaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara, o’yin va mashqlar orqali o’tkaziladigan mashg’ulotlar yig’indisidir.
Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu boradagi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi.