Muallif: A.G`afurov, A.Abdukarimov, J.Tolipova, O. Ishanqulov, M. Umaraliyeva
Chop etilgan yil: 2017
Nashriyot: «ShARQ» nаShRiyot-mаtbаа аkSiyAdоRlik kоmpаniyASi bоSh tаhRiRiyAti
Chop etilgan shahar: Toshkent
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 6-apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli qaroriga
muvofi q, biologiya fanidan kompetensiyaviy yondashuvga yo‘naltirilgan
davlat ta’lim standarti asosida tayyorlandi.
Aziz o‘quvchi! 5–9-sinfl arda biologiyaning bo‘limlari hisoblangan
botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, sitologiya va genetika
asoslari kabi bo‘limlarini o‘rganishda hayot shakllarining xilma-xilligi,
ularning xususiyatlari, asosiy biologik tushunchalar, nazariya va qonuniyatlar
bilan tanishdingiz. 10-sinfda avval o‘zlashtirgan bilimlaringizni amalda
qo‘llab, hayotning (tiriklikning) quyi tuzilish darajasidan yuqori tuzilish
darajasiga qadar tabiatga yaxlit tizim sifatida qarashni, biologik tushunchalar,
nazariyalar va qonuniyatlarni umumlashtirgan holda bir tizimga keltirishni
o‘rganasiz