Muallif: Boqijon To‘xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova
Chop etilgan yil: 2018
Nashriyot: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
Chop etilgan shahar: Toshkent
Assalomu alaykum, qadrli o‘quvchi!
Siz umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey yoki
kasb- hunar kollejini bitirish davriga ham yetib keldingiz.
Yoshingiz ancha ulg‘aydi, hayotda biroz tajriba ham orttirdingiz.
Muhimi, kitob bilan, ayniqsa, badiiy adabiyot bilan
qadrdon bo‘lib qoldi ngiz. Badiiy adabiyotning sirli ola mi
sizni o‘ziga chorlab turibdi. Siz yaxshi kitob, betakror badiiy
asar inson ma’naviyatini shakl lantirish va boyitishdagi eng
asosiy manbalardan biri ekaniga ishonc h hosil qildingiz. Darhaqiqat,
umrboqiy kitoblarda olam va odam haqidagi hamma
bilimlar jamlangan bo‘ladi. Ulardan har kim o‘z qiziqishiga
mos mavzularni, ehtiyojlariga ko‘ra ma’lumotlarni topadi.
Zero, kitoblar siz-u bizni ezgulik va yaxshilikka, mehr va
muruvvatga, ijod va ijodkorlikka undaydi.
Hayotning turli bosqichlarida insonning olamga qarashlari,
qiziqish va ehtiyojlari ham o‘zgarib, takomillashib boradi.
Uni inson va jamiyat, muayyan shaxs ruhiyati kabi masalalar
ko‘proq qiziqtira boshlaydi. Yaxshi kitoblar qiziqishlarga munosib
javob beradigan eng muhim manba sanaladi. Aslida,
kitob o‘qishni bolalar ham, kattalar – hamma yaxshi ko‘radi.
Chunki kitob har bir inson hayotida, dunyoqarashi ning
shakllanishi va kenga yishida alohida o‘rin tutadi; undan har
bir tafakkur egasi o‘ziga mos va munosib bo‘lgan ma’naviy
ozuqa oladi.