Muallif: O.To'xtayev
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasida
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Matematika boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladigan asosiy o‘quv fanlaridan bo‘lib, Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari, o‘zbekona odob va milliy an’analar ruhi, xalqaro bilimdonlik mezoni, davlatimiz va xalqimiz ehtiyojidan kelib chiqib, tartiblangan ijtimoiy buyurtmalar tizimini bajaradi. Bu vazifalar kichik yoshdagi o‘quvchilarni matematika go‘zalligi bilan tanishtirish, matematik nutqmadaniyatini tarkib toptirish va uning yordamida yoshlarni hayotga tayyorlashni taqozo etadi. Ya’ni, mantiqiy tafakkur bilan bog‘liq ravishda og‘zaki va yozma matematik nutqni o‘ziga xos aniq, ixcham, sodda va to‘g‘ri bayon qilish kabi barcha sifatlari bilan rivojlantirish lozim. Boshlang‘ich matematika ta’limi bolalarning ma’lum bilim va malakalarni o‘zlashtirib olish bilan birga ularda kuzatuvchanlik, idrok, ijodiy tasavvur, diqqat, xotira, tafakkur kabi bilish qobiliyatlarining ilmiy rivojlantirishni ham nazarda tutadi.
Boshlang‘ich matematika ta’limining