Muallif: Shukurov Sh
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi, zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5538 sonli Farmoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-conli farmonida belgilangan ustuvor vazifalar aynan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish borasida islohatlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.