Muallif: X.Xudoyberdiyeva
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Mamlakatimizda ma’naviy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar negizida inson hayotining ajralmas qismini tashkil etadigan estetik bilimlarni egallash har birimizning jamiyat oldidagi dolzarb vazifamizdir. Har bir fanda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangilik va kashfiyotlar yaratilishining asosida farovon hayotni barpo etish turadi. Shu bilan birga, estetik tarbiyada yuz berayotgan jarayonlar inson ma’naviy olamining boyishiga, yangicha tafakkurlashga, voqelikka bo‘lgan munosabatlarning estetik va axloqiy jihatdan go‘zal bo‘lishiga olib kelmoqda. Estetik tafakkurni shakllantirish hamda insonlardagi go‘zallikka nisbatan ishtiyoqlarining doimo yuksaklik sari ko‘tarilishi uchun zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallagan yoshlarni kamol toptirish davr talabi bo‘lib qoldi. Mana shu maqsadda bugungi kunda oldimizda turgan asosiy vazifamiz yoshlarning kundalik turmush tarzi bilan bog‘lanib ketgan estetik g‘oyalarni to‘g‘ri anglab etishi, o‘zlarining mustaqil tafakkur yuritishlariga xizmat qiladigan dunyoqarashlarini kamol toptirib borishlari nafaqat ularning, balki butun o‘zbek xalqining kelajakka qaratilgan orzu-umidlari sanaladi.
Estetik tarbiyaning hozirgi kundagi maqsadi, jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarga ta’siri, hayotimizni nafosat va go‘zallik tuyg‘ulari bilan boyitish, o‘sib kelayotgan barkamol avlod ongida milliy an’analarga sodiqlikni tarbiyalashdir. Ayni paytda respublikamizda ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, har bir fanni tubdan isloh qilish masalasi yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ta’lim sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada bosh qomusimizning 42-moddasida: «Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi»1, – deb yozib qo‘yilgan. Bu barcha insonlarning har tomonlama mukammal bilim olishlari va jamiyat ravnaqiga katta hissa qo‘shishlarini ta’minlaydi.