Muallif: M.Fayziyeva
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
2020 yil 30 oktabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi nutqida taʼkidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.
Yig‘ilishda bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va o‘zgarishlar natijadorligi maktab taʼlimiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalayotgani qayd etildi. Shu bois maktab direktorlari va muallimlarga ko‘p narsa bogʼliq. Ular qishloq va shaharlarda taʼlim-tarbiya, madaniyat va maʼnaviyat tarqatadigan fidoyi kishilardir. Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida taʼlimdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini ko‘rsatadigan va taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan.
Jumladan, jamiyatda muallimning obro‘-eʼtibori va maqomini ko‘tarish, o‘quv dasturlari va metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni taʼlimning bosqichlari bilan uzviy bog‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni rag‘batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda. Eng asosiysi, joylardagi rahbarlarning, shuningdek, mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va eʼtiborini tubdan o‘zgartirish, ularning masʼuliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari kiritilmoqda.