Muallif: M. Fayziyeva.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, izchil iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini faol himoya qilish, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish kabi yo‘nalishlar suveren davlatimizning adolatli va insonparvar siyosatida doimiy ustuvor bo‘lib kelmoqda. Ular sirasida jamiyatning ma’naviy yuksalishi va shaxs ma’naviy kamolotiga berilayotgan e’tiborni alohida ta’kidlash lozim. Ertangi kun egalari bo‘lgan yosh avlodning ma’naviy va jismoniy kamoloti, zamon talablariga mos bilim olishi, kasb-hunar tanlashi, qobiliyati va iqtidorini erkin namoyon qilishi va yanada rivojlantirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan yillar davomida mamlakatimizning ta’lim sohasida olib borgan faoliyati yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy va ma’naviy tahdidlardan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga qaratilgan.