Muallif: N.Umarova.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha, jumladan, ijtimoiy - iqtisodiy sohalarda, shuningdek, ta´lim tizimida ham keskin o´zgarishlar yuz bermoqda. Yangi O‘zbekistonni ijtimoiy–iqtisodiy, g‘oyaviy-ma’naviy jihatdan mustahkamlash va takomillashtirish “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” tamoyili asosida kelajakda buyuk davlatga aylantirishning muhim omili bo‘lib, uning hozirgi bosqichdagi maqsad va vazifalari Respublikamizning yangi tahrirda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 6108-sonli “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda 4884-sonli “Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorlaridada har tomonlama teran belgilab berilgan.
Milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim va ma’rifat egalari shuningdek, jismoniy- ma’naviy sog’lom insonlar qilib tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-sonli “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi shuningdek, 2020 yil 6 iyulda qabul qilingan 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlarida mustahkamlangan. O‘zbekiston Respublikasida Tarbiya fani konsepsiyasi mazkur fanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltirildi. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlarni belgilab beradi.