Muallif: D.Kushanova

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Tarixdan yaxshi bilamizki, diniy bag‘rikenglik, turli millat va elatlarning o‘zaro tinch va totuv yashashi yurtimizga xos bo‘lgan fazilat, xalqimizning azaliy qadriyatlardan biridir. Xuddi ana shu hol IX – XII asrlarda Markaziy Osiyodan bir qator aql egalarining etishib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ulardan faqat Al-Xorazmmiy, Ibn Sino va Al-Beruniylarni sanab o‘tishning o‘ziyoq o‘z vaqtida ajdodlarimiz erishgan kamolot cho‘qqisi haqida aniq tasavvur beradi.
2014 yilning 15-16 may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan "O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o‘tmish va o‘tmishda yig‘ilgan boy madaniy va ilmiy merosga bo‘lgan munosabatning asosiy mohiyati haqida shunday degan edilar: "O‘zining tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab – avaylashga, boyitish va ko‘paytirishga, shuningdek, unib – o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yetarlicha e’tibor qaratmaydigan, har tomonlama uyg‘un rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, o‘z qarash va yondoshuviga, fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxsni kamol toptirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot yo‘lidan chetda qolib ketishga mahkum ekanini biz o‘zimizga yaxshi tasavvur qilganmiz va yaxshi tasavvur etamiz”.

2022-02-15 08:59:49 | ko'rishlar soni: 505 | Yuklab olindi: 278-marta