Muallif: J.Oripov.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Internetning ixtiro etilishi, ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlari beqiyos darajada kengayishi bilan bir qatorda axborot, g‘oya va mafkuralarni singdirishning ta’sirchan vositasiga aylandi. Aniqroq aytganda, raqib sanalgan davlat yoki xalqlarga nisbatan yolg‘on axborot negizida shakllangan g‘oyaviy va mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish asosida ularni obro‘sizlantirish, ideallaridan adashtirish, qadriyatlaridan begonalashtirish, kelajagiga nisbatan ishonsizlik uyg‘otish va boshqa yolg‘on axborot bilan o‘z izmlariga solishga qaratilgan strategik maqsadlarda foydalanmoqdalar. Darhaqiqat, har qanday g‘oya yoki mafkura axborot negizida shakllanishini unutmasligimiz lozim. Mazkur jarayon ijtimoiy fanlarda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy muloqotda “axborot tahdidi”, “axborot xuruji” nomlari bilan izohlanayotgan tahdidlarning yana bir yangi turini vujudga kelganligidan dalolat bermoqda. Insoniyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichining asosiy belgilari axborot texnologiyalarining takomillashish jarayoni bo‘lib, bunda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat hayotining barcha sohalariga keng va faol kirib bormoqda. Ammo, masalaning ikkinchi xatarli tomoni shundaki, bunday texnologiyalardan foydalanib o‘zlarining g‘arazli va g‘ayriqonuniy axborotlarini tarqatuvchi guruhlar ko‘payib borayotganligi bizni tashvishga solmoqda. Mazkur guruhlar tomonidan uyushtirilayotgan “axborot tahdidi” va “axborot xuruj”larini ma’zmun-mohiyatini, ularning axloqiy-estetik tarbiyaga ta’siri masalasini aniq faktlar asosida nazariy metodologik asoslarini yaratish faylasuf-olimlarni qiziqtirgan mavzulardan biri sifatida siyosiy, huquqiy, ilmiy-falsafiy jihatlarini nazariy asoslab berish masalasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Xo‘sh, axborot tahdidi va axborot xurujlarining insoniyat, jamiyat va davlatlarning ijtimoiy taraqqiyotiga ta’siri qanday? Nima uchun bundan xavotirga tushmoqdamiz? Axborot tahdidi va axborot xurujlarining ma’zmun-mohiyatini va ularning ob’ektini tadqiq qilishning ahamiyati qanday? Axborot tahdidi va axborot xurujlarining axloqiy va estetik tarbiyaga ta’siri nimalarda namoyon bo‘lmoqda?