Muallif: Raximova.D

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli isloxotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustaxkamlash, xavfsizlik va xuquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson xuquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik saloxiyatini ruebga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Yаngi sharoitlardan kelib chiqib, “Ta’lim tugrisida”gi va “Kadrlar tayorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021 - yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish,uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni - rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Umumiy urta ta’lim maktablari Milliy g‘oya turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari) fanlar o‘qituvchilarining bilim va kasbiy ko‘nikmalarini Davlat talablari asosida chuqurlashtirish, yangilash va ta’lim - tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkonini beradigan zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat. Bu uslubiy ko‘rsatma tinglovchilarga innovatsion ta’lim texnologiyalarni chuqurroq o‘rgatishga yo‘l yo‘riq ko‘rsatadi. Shuningdek xorijiy ta’limning ta’lim tarbiyasini o‘rganib qiyosiy tahlil qilingan holda yaxshi xusiyatlarini ularning ta’lim tarbiya jarayonida erishilgan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishga erishadilar. Shu bilan birgalikda yangi milliy g‘oya turkumidagi (Odobnoma, Vatan tuyg‘usi, milliy istiqlol g‘oyasi va ma‘naviyat asoslari) fanlarini o‘qitishda yangi adabiyotlar bilan tanishadilar va dars jarayonida qo‘llaydilar.

2022-02-16 04:20:15 | ko'rishlar soni: 1831 | Yuklab olindi: 1550-marta