Muallif: J.Oripov.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Respublikamizda ta’lim sohasiga innovatsion texnologiyalarni, o‘qitishning interfaol usullarini joriy etilayotganligi, o‘quvchilarning intelektual salohiyatini yuksaltirish, ijodiy tafakkurini shakllanishiga xizmat qiladigan yangicha yondashuvni vujudga keltirdi. O‘quvchi yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ta’lim tizimining ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Shunning uchun, ta’lim tizimining moddiy-texnik ba’zasini boyitish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashni davrning o‘zi taqoza etmoqda.
O‘quvchilarning fan asoslarini egallashga bo‘lgan qiziqishlarini ortirish, intelektual salohiyatini yuksaltirish va ijodiy tafakkurini shakllantirish masalasini ijobiy hal etish, o‘qitish jarayoniga zamon talablari asosidagi yangicha yondashuvni vujudga keltirdi. Aniqroq aytganda, ta’limda hamkorlikda ishlash texnikasining keng joriy etish va yangi zamon talablari asosida didaktik vositalarni tayyorlash hamda ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish imkoniyatini yaratdi.