Muallif: YA.I. RAXIMOVA

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Ushbu uslubiy ko‘rsatmaning maqsadi ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda kichik hajmli hikoyalarning muhimliligini va bunday hikoyalardan darslar davomida foydalanish usullarini ko‘ rsatishdir. Kichik hikoyalar til o‘rganishdagi t‘ort ko‘nikma, ya’ni so‘zlashish, o‘qish, tinglab tushunish va yozish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ulardan til o‘rganish va o‘rgatish jarayonida foydalanish muhim hisoblanadi. Shuningdek, hikoyalar motivatsiya beruvchi va qiziqarli bo‘lib, til o‘rganuvchilarda ushbu tilga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantiradi. Bunday hikoyalar o‘quvchilarda til o‘rganishni davom ettirishga bo‘lgan ishtiyoqni uyg’otadi. Bolalar o‘z ona tilini nafaqat darslar davomida, balki uni ishlatgan, muloqot qilgan hamda ushbu tilda fikrlarini bayon qilgan holda o‘rganganlaridek, xorijiy tilni ham shu tarzda o‘rganishlari ayni zaruratdir. Bu maqsadga erishish uchun esa kichik hikoyalar, ayniqsa, foydali hisoblanadi. Bunday hikoyalar o‘quvchilarning lug’aviy boyligini va tilni tushunib yetishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. O‘z navbatida esa qiziqtirish shaxsning shakllanishida, faolligini oshirishda zarur bo‘lgan eng kuchli quroldir. Shu o‘rinda o‘qituvchining o‘quvchilarda kitobga, asarlarga mehr uyg’otishi ularning ham adabiyotga nisbatan mehr paydo bo‘lishiga, ham til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishininhg oshishiga turtki bo‘ladi. Mazkur uslubiy ko‘rsatmada hikoyalarning qo‘llash usullari va ulardan qay tarzda foydalanish haqida tavsiyalar yoritilgan bo‘lib, ularni amalda ishlatish o‘qituvchilar va til o‘rganuvchilar uchun foydali hisoblanadi.

2022-02-17 10:50:46 | ko'rishlar soni: 680 | Yuklab olindi: 248-marta