Muallif: D.A.YUNUSOVA

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Ma’lumki bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri yosh avlodni komil inson, yuksak ma’naviyatli, vatanparvar, chuqur bilimli ijodkor va har tomonlama faol qilib tarbiyalashdir. Bu vazifalarni bajarish umumiy o‘rta ta’limda asosan ona tili va adabiyot ta’limi zimmasiga yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga muvofiq “Ona tili” fanini o‘qitish oldiga butunlay yangi maqsad va vazifalar qo‘yilmoqda. “Ona tili” fanini o‘qitishning bosh maqsadi yoshlarimizni ijodiy fikrlashga, o‘z fikrini erkin va ta’sirli qilib yozma va og‘zaki shaklda ifodalashga, o‘zbek tili qonun-qoidalarini ongli o‘zlashtirishga o‘rgatish, shuningdek, ularning fikr doirasini kengaytirishga, Vatanimizga, milliy an’analarimizga, boy ma’naviyatimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgandir. “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya-bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”- degan edi Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev. Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakkam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi.

2022-02-18 09:16:43 | ko'rishlar soni: 532 | Yuklab olindi: 270-marta