Muallif: YUNUSOVA N

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Bugungi kunda biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishiga, ularning bilimlarini qanday baholashni hamisha yodda tutishimiz kerak. Ularning bilimlarini reyting baholash usuli bilan baholash davomida biz ularni yoshiga va mavzusiga to‘g`ri keladigan turli xildagi test nazorat topshiriqlarini tuzishimiz mumkin. O‘quvchilarning bilimini nazorat qilish maqsadidda nazorat topshiriqlari o‘tkaziladi. Shu sababli kam komplektli sinflarda ham biologiya fanidan o‘qitiladigan V–XI sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risidagi “Nizom”da o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari joriy, oraliq, bosqichli va yakuniy nazoratdan o‘tkazilib aniqlanishi belgilangan. Joriy nazorat kundalik so‘rovlar shaklida o‘tkaziladi. Oraliq nazorat ma'lum bir bob (bo‘lim) tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi. Uning o‘tkazilish vaqti va shakli taqvim-mavzu rejada belgilab beriladi. Ushbu uslubiy ko‘rsatma DTS va biologiya o‘quv dasturi asosida tuzildi.
Unda VIII-sinflarda “Biologiya (Odam va uning salomatligi)” fani bo‘yicha uzviylashtirilgan o‘quv dasturi asosida tuzilgan taqvim-mavzu reja, o‘quvchilarning har bir dars oxirida o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari, o‘tkaziladigan nazorat ishlari bo‘yicha namunaviy test topshiriqlari, biologik masalalarning namunalari keltirilgan.

2022-02-23 06:06:49 | ko'rishlar soni: 786 | Yuklab olindi: 424-marta