Muallif: N.A. YUNUSOVA
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi
Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida va erkin demokratik jamiyatga moslashgan, ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, faol, ma’naviy yetuk va har tomonlama bilimdon komil insonni tarbiyalashdan iborat. Umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilar uchun belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlarida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni bajarish muhim ahamiyatga ega. Maktab o‘qituvchisi biologiyadan dars berar ekan, DTS ni to‘liq bajarishi, unda qayd qilingan bilimlar hajmini o‘quvchilarga yetkazishi, o‘quv-ko‘nikma malakalarini shakllantirishishi lozim.
Biologiya dars samarodorligining muhim sharti – barcha o‘quvchilarni butun dars jarayonida faol ishlashlarini faollashtiruvchi asosiy vosita – ular bajaradigan laboratoriya mashg‘ulotidir. Laboratoriya mashg‘uloti - butun sinf o‘quvchilari tomonidan bitta mavzu bo‘yicha bir xil asboblardan foydalanib bajariladi. Laboratoriya mashg‘uloti darsning uzviy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar avval o‘rgangan bilimlarini amaliyotda tekshirib ko‘rish bilan birga asboblarni ishlatish, biologik jarayonlarni kuzatish amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradilar.