Muallif: Z.Pulatova

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


“Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga ko‘ra mamlakatimizda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etilishi maktab o‘qituvchilari zimmasiga qator dolzarb vazifalarni qo‘ydi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarorida belgilangan vazifalar zamonaviy talablar asosida biologiya fanini ham boshqa fanlar kabi o‘z sir asrorini mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodga yetkazish yo‘lida o‘qituvchilar oldiga katta mas’uliyat yuklandi. Ta’lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg‘or pedagogik tehnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor berilgan. Hususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “o‘quv jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” zarurligi ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

2022-02-23 06:20:22 | ko'rishlar soni: 384 | Yuklab olindi: 200-marta