Muallif: Amirullayev A. K Amirullayeva B.A

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Respublikamizning mustaqillikka erishganligi fizika ta’limida ham yangi – yangi o‘zgarishlar yasadi. Hozirgi kunda maktablarda fizika fanini o‘qitish mazmuni o‘zgarib, boyib bormoqda. Uni chuqur o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Umumiy o‘rta – ta’lim maktablarida o‘tilayotgan darslar o‘quvchilarni hayotga mehnatga tayyorlashga qaratilgan. Buning uchun ta’lim jarayoni va ta’lim uslublarini amaliy mashg‘ulotlarning faoliyatlarini aktivlashtirish, olgan bilimlardan amalda ijodiy foydalanishga aloxida e’tibor berish zarur. Zamonaviy maktabning asosiy vazifalardan biri – o‘quvchilarni mehnatsevar, qilingan mehnatni qadrlaydigan qilib tarbiyalashdir.
Maktabdagi mehnatning asosiy turi o‘quv mehnatidir. Yangi fizik bilimlarni o‘rganish, kitob bilan ishlash, laboratoriya ishlarini bajarish, fizikadan olgan bilimlarini amaliyotga qo’llashda fizikadan masalalar yechish metodikasi muhim o’rin hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada fizika 8-sinf darsligidagi boblar va mashqlar yoritib berilgan bo’lib, uni kelajakda o’qituvchilar dars jarayonida foydalanishlari mumkin.

2022-02-23 08:00:15 | ko'rishlar soni: 9817 | Yuklab olindi: 9246-marta