Muallif: V.M.Turapov

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishni huquqiy asoslari belgilab berilgan. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6-apreldagi 187-son qaroriga Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti orqali zamonaviy kompetensiyaviy yondashuv orqali darslarni tashkil etish va unga qo’yilayotgan zamonaviy yondashuvlar ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni 2017 yil 7 fevralda tasdiqlandi. ushbu farmonning “ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta'minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta'lim muassasalarining qulayligini ta'minlash, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus va oliy ta'lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. shuningdek, birinchi prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-2124-sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

2022-02-23 08:09:30 | ko'rishlar soni: 1422 | Yuklab olindi: 794-marta