Muallif: Z.Pulatova. Sh.Tolibova

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Zamon ilgarlab borishi bilan fan va texnika tarqqiyoti har bir sohaga jadal kirib borayotgan davrda, o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar ko‘lamiga bo‘lgan e‘tibor ham tobora ortib boradi. Bugungi kunda ta’limning bosh maqsadi har tomonlama kamol topgan, jamiyatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlab puxta o‘zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash hisoblanadi. Bu esa o‘quvchilarga bilim berish jarayonida ularni fikrlashga, mustaqil izlanishga yo‘naltiradigan har xil usullar, metodlar, tarqatmalar va o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish mumkinligini keltirib chiqaradi. Bugunga kelib biologiya fani sohasida bir qancha tarmoqlar biometriya, genomika, bioinformatika kabi fanlar vujudga kelmoqda. Bu esa genetika fanini puxta o‘zlashtirishni talab qilmoqda. Shu sababli o‘qituvchi fanning nazariy hamda amaliy tomonlarini o‘quvchiga to‘liq yetkazishi kerak bo‘ladi. O‘quvchilar genetika fanidan egallagan bilimlari asosida hayotiy jarayonlarda duch keladigan jumboqlarga osonlikcha javob topa olishga yordam beradi.

2022-03-01 06:14:43 | ko'rishlar soni: 1885 | Yuklab olindi: 1085-marta