Muallif: Xayitmurodov Sh.S., Fuzailova H.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Mustaqillik O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.Karimov tomonidan e’lon qilgan davrdan boshlab, boshqa sohalar kabi ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirildi. Bunday islohotlardan asosiysi O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi” va “Ta’lim to‘gʻrisidagi qonun”ning qabul qilinishidir.Bunga muvofiq yosh avlodga ta’lim - tarbiya berish, barkamol avlodni tarbiyalash ma’suliyati davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu ma’sulyatli vazifani amalga oshirishda ajdodlarimiz qoldirgan matematik merosdan foydalanish va ular bilan yosh avlodni tanishtirish,xabardor qilish maqsadga muvofiqdir. Ajdodlarimiz Al Xorazmiy,Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy,Ulugʻbek va uning ilmiy maktabi vakillari Qozizoda Rumiy,Jamshd Al Koshiy hayoti va ijodi hamda ularning matematika faniga qo‘shgan hissasi, ularning yozgan asarlaridan foydalanish, o‘quvchi va talabalarning matematik bilimlarini oshirishga, matematika faniga qiziqishlarini oshirishga muhim kasb etadi. Bu malakaviy bitiruv ishi Mirzo Ulugʻbek ilmiy maktabi va uning jahon matematikasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasiga bagʻishlanadi.

2022-03-01 06:19:06 | ko'rishlar soni: 615 | Yuklab olindi: 275-marta