Muallif: Aminov I.B., Tugalov R.G‘.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi

Chop etilgan shahar: Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy

Bugungi kunda mustaqil respublikamizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ni amalga oshirish borasida bir qancha tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shulardan biri, kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurishdan iboratdir.
Ta’lim tizimida har bir fanning o‘qitish mazmunini qayta tahlildan o‘tkazish va uni tubdan isloh qilish nuqtayi nazaridan yondashuv zarur bo‘ladi. Rivojlangan davlatlar tajribasidan shu narsa ma’lumki, bozor iqtisodi sharoitida axborot tizimining qanchalik suratda takomillashuvi davlat tizimining ravnaq topish darajasini belgilashi ma’lum. Shu ma’noda, axborotlarning ishonchliligi, ularning o‘z vaqtida tayyorlanishi ko‘p jihatdan kompyuter dasturchilarning mukammal darajada bilishligiga bog‘liq, chunki bu uch vosita bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda faoliyat ko‘rsatadi.
Shu narsa quvonchliki, Respublikamizni mustaqillikka erishuvi natijasida hozirgi kunda barcha o‘quvchilar va talabalar zamonaviy kompyuterlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bois ham, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani barcha o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan kompyuter savodxonligi borasidagi uzluksiz dastur tizimiga kiritilgan Davlat ta’lim konsepsiyasiga asoslanadi.

2022-03-01 06:22:28 | ko'rishlar soni: 699 | Yuklab olindi: 297-marta